Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 103116
Gallery image 103117
Gallery image 103118
Gallery image 103119
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
18 Mar 2026
09:11

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🏛 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 10-Chag‘atoy saylov okrugidan saylangan deputat Q.Raxamov tomonidan “Chag‘atoy” mahallasida joylashgan 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalarining holati, issiqlik tizimining ishlash holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, shuningdek, bolalarga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va kunlik ovqatlanish ratsioni atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillariga amaliy tavsiyalar berildi. Mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish hamda bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.