Barcha yangiliklar
Mahalliy Kengash kotibiyatlari haftalik faoliyati tahlil qilindi
Gallery image 103080
Gallery image 103081
Gallery image 103082
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
17 Mar 2026
23:21

Mahalliy Kengash kotibiyatlari haftalik faoliyati tahlil qilindi

Unda viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Karimov, hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari A.Mirzayev, shuningdek viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida xalq deputatlari tuman va shahar Kengashi kotibiyatlarining o‘tgan haftadagi faoliyati atroflicha tahlil qilindi.
Amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, ayrim hududlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama etildi.

Shuningdek, kotibiyatlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, hujjatlar ijrosi intizomini mustahkamlash, deputatlik faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish yakunida kelgusi haftada amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berilib, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi tomonidan alohida nazoratga olinib, faoliyatni yanada takomillashtirishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.