Barcha yangiliklar
DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
Gallery image 103066
Gallery image 103067
Gallery image 103068
Gallery image 103069
Gallery image 103070
Gallery image 103071
Gallery image 103072
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
17 Mar 2026
20:36

DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Nurali Sulaymonov tomonidan "G'alaba" mahallasi raisi hamda hokim yordamchisi bilan huddudda o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida, ayniqsa, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar alohida e’tiborga olindi.

Shuningdek, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, yer maydonlarida yetishtirilayotgan mahsulotlar, qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlari ham joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar aholi farovonligini oshirish va hududni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.