Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR MUZEY FAOLIYATI BILAN TANISHDI
Gallery image 103013
Gallery image 103014
Gallery image 103015
JUMANIYAZOV RAVSHANBEK RAXIMBERGAN O‘G‘LI
17 Mar 2026
17:16

DEPUTATLAR MUZEY FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Xalq deputatlari Urganch shahar va viloyat Kengashi deputatlari shahar hududidagi madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini o‘rganish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilda bergan topshiriqlari asosida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida deputatlar muzey eksponatlari, tarixiy meros namunalarini saqlash va namoyish etish jarayoni, shuningdek, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 

Mutasaddilar bilan muloqot jarayonida muzey faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida tarixiy
merosga hurmatni oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Mazkur tashrif madaniy merosni asrab-avaylash va targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.