Barcha yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi
Gallery image 102974
Gallery image 102975
Gallery image 102976
Gallery image 102977
Gallery image 102978
Gallery image 102979
Gallery image 102980
Gallery image 102981
Gallery image 102982
Gallery image 102983
Gallery image 102984
Gallery image 102985
Gallery image 102986
Gallery image 102987
Gallery image 102988
Gallery image 102989
Gallery image 102990
Gallery image 102991
Gallery image 102992
RAXMATOV ALISHER OBIDOVICH
17 Mar 2026
17:06

Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish mavzusida seminar oʻtkazildi

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini takomillashtirishga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi bilan samarali muloqotni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda rasmiy sahifalarni yuritish, deputat faoliyati hamda sessiyalar jarayonini jamoatchilikka tezkor va xolis yetkazish boʻyicha tavsiyalar berildi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tizimli axborot siyosati yuritish mahalliy Kengashlar nufuzini oshirishi, fuqarolarning saylangan vakillarga boʻlgan ishonchini mustahkamlashida muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

Tadbir yakunida mahalliy Kengashlar faoliyatida raqamli koʻnikmalarni rivojlantirish va aholi bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali faol muloqotni kuchaytirish boʻyicha tavsiyalar berildi.