Barcha yangiliklar
QIZIL HUDUD, SARIQ HUDUD — BARCHASI NAZORATDA
Gallery image 102920
Gallery image 102921
Gallery image 102922
DJANIBEKOV AZIZBEK URMANOVICH
17 Mar 2026
16:29

QIZIL HUDUD, SARIQ HUDUD — BARCHASI NAZORATDA

🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati D. Saidova “Birdamlik” va “Qoraqo‘yli” mahallalarida bo‘lib, profilaktika inspektorlari bilan hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holatini atroflicha o‘rgandi. Ayniqsa, “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan batafsil suhbatlashdi.

🔹Uchrashuv davomida profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, aholi bilan ishlash tizimi, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi. Shuningdek, hududlarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.