Barcha yangiliklar
Farzand tarbiyasida otaning o'rni mavzusida davra suhbati o'tkazildi
Gallery image 10444
Gallery image 10445
Gallery image 10446
Gallery image 10447
Gallery image 10448
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
20 May 2024
16:45

Farzand tarbiyasida otaning o'rni mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Qibray tumani hokimligi tashabbusi bilan, tuman Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Ma'naviyat bo'linmasi, Milliy gvardiya, imom xatib hamda tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamkorligida otalar majlisi tashkil etildi. Tumandagi 1-umumta'lim maktabida o'tkazilgan uchrashuvda, viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari O.Azimov, tuman hokimi o'rinbosari R.Xasanov va tegishli mas'ullar ishtirok etib, “Maktab-mahalla-oila” tamoyili asosida hamkorlikdagi ishlarni yo'lga qo'yish, o‘zaro munosabatlarini mustahkamlash kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.  Shuningdek, otalarning farzand ta'lim-tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati, mas'uliyati to'g'risida so'z yuritilib, otalar majlisini an'anaiy tarzda o'tkazish hamda farzandlar ta'lim-tarbiyasiga bog‘liq muammolarni otalar bilan birgalikda muhokama qilishga kelishib olindi.