Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 102806
Gallery image 102807
Gallery image 102808
Gallery image 102809
Gallery image 102810
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
17 Mar 2026
15:04

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova hamda 19-U.Yusupov saylov okrugi deputati Gulsara Rizayevalar U.Yusupov mahallasida faoliyat yuritayotgan ayol tadbirkorlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularning ish yuritish sharoiti, faoliyatdagi muvaffaqiyatlari va duch kelayotgan qiyinchiliklar atroflicha o‘rganildi.

▶️Uchrashuv davomida deputatlar tadbirkor ayollar bilan samimiy muloqot olib borib, ularga yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, yoshlarni ish bilan ta’minlash va hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarini muhokama qildilar.

▶️Shuningdek, tadbirkorlar o‘z tajribalari, faoliyatdagi muammolari va takliflarini deputatlarga yetkazdi. Uchrashuv yakunida kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi va ayol tadbirkorlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

✅ Tumanimizdagi ayollar tadbirkorligi rivojlanmoqda va ular jamiyatimizning faollari sifatida sezilarli hissa qo‘shmoqda.