Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Mirzacho‘l tumani Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 102640
Gallery image 102641
Gallery image 102642
Gallery image 102643
Gallery image 102644
Gallery image 102645
Gallery image 102646
Gallery image 102647
Gallery image 102648
Gallery image 102649
Gallery image 102650
Gallery image 102651
Gallery image 102652
Gallery image 102653
Gallery image 102654
Gallery image 102655
Gallery image 102656
Gallery image 102657
Gallery image 102658
XAITOV AZIMJON ABDUXALILOVICH
17 Mar 2026
11:47

Xalq deputatlari Mirzacho‘l tumani Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya kun tartibiga ko‘ra, dastlab tumandagi og‘ir toifaga kiritilgan mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash, ularda yashayotgan aholi uchun zamonaviy qulayliklar yaratish, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlarini yaxshilash, mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash hamda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida viloyat budjetidan tuman hokimligining budjetdan tashqari hisob raqamiga ssuda mablag‘i ajratish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-son qarorining tumandagi ijrosi hamda mazkur qaror asosida 2026-yil fevral oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Kun tartibida yana O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosi masalasi ham muhokama qilindi.

Sessiya davomida 2025-yil davomida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ham maʼlumot berildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.