Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI MIRZACHO‘L TUMAN KENGASHI MAHALLIY BYUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 102636
Gallery image 102637
Gallery image 102638
Gallery image 102639
XAITOV AZIMJON ABDUXALILOVICH
17 Mar 2026
11:44

XALQ DEPUTATLARI MIRZACHO‘L TUMAN KENGASHI MAHALLIY BYUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Mirzacho‘l tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i B.Usmonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-son qarori ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tumanda 2026-yil uchun shakllantirilgan aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha prognoz parametrlari yuzasidan axborot berilib, tegishli masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.