Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI MIRZACHO‘L TUMAN KENGASHINING IJTIMOIY SOHA, YOSHLAR SIYOSATI, MADANIYAT VA SPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 102602
Gallery image 102603
Gallery image 102604
Gallery image 102605
Gallery image 102606
Gallery image 102607
Gallery image 102608
Gallery image 102609
Gallery image 102610
Gallery image 102611
XAITOV AZIMJON ABDUXALILOVICH
17 Mar 2026
11:39

XALQ DEPUTATLARI MIRZACHO‘L TUMAN KENGASHINING IJTIMOIY SOHA, YOSHLAR SIYOSATI, MADANIYAT VA SPORT MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Mavlonovaning 2025-yil davomida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Hisobot davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda turli ijtimoiy yordamlar ko‘rsatish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Yig‘ilish yakunida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.