Barcha yangiliklar
Zarbdor tumanida “Oltin vodiy” madaniyat saroyi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 102545
Gallery image 102546
Gallery image 102547
Gallery image 102548
Gallery image 102549
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
16 Mar 2026
11:15

Zarbdor tumanida “Oltin vodiy” madaniyat saroyi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, 1-Bo‘ston saylov okrugi deputati A. Aralov tomonidan Zarbdor tumani “Navro‘z” MFY hududida joylashgan “Oltin vodiy” madaniyat saroyi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur maskanda aholining, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, shaxmat, tasviriy san’at, musiqa cholg‘u asboblarida chalish hamda boshqa ijodiy to‘garaklar yo‘lga qo‘yilgani, ularda yoshlarning faol ishtirok etayotgani qayd etildi.
Shuningdek, madaniyat saroyining mavjud sharoitlari, moddiy-texnik bazasi hamda to‘garaklar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar aholi, ayniqsa yoshlarning iqtidorini rivojlantirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati