Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi
Gallery image 102531
Gallery image 102532
Gallery image 102533
Gallery image 102534
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
16 Mar 2026
11:12

Deputat tomonidan qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 2-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat J. Uskanov tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manzilli dasturi doirasida Shodlik MFY hududidagi 26-sonli umumta’lim maktabida barpo etilayotgan sport zal qurilishi holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mas’ul xodimlar tomonidan ma’lum qilinishicha, sport zal qurilishi ishlari yakuniy bosqichga yetgan. Qurilish ishlari to‘liq yakunlangach, sport zalini zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlari boshlanishi rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha o‘quvchilar uchun sport bilan shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati