Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 102491
Gallery image 102492
Gallery image 102493
Gallery image 102494
Gallery image 102495
Gallery image 102496
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
17 Mar 2026
10:32

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani tajribasi asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xarita”ning “Yo‘l-transport infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Mazkur “Yo‘l xarita”ning 19-bandida nazarda tutilgan Boyovut tumani “Boyovut tumanidagi “O‘ng tarmoq-2” kanalini rekonstruksiya qilish ishlari tuman Kengashi deputatlari Axrorjon Ibadullayev, Gulchexra Qarshiboyeva hamda Xusnara Berdiyarovalar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mazkur obyekt bo‘yicha qurilish ishlari jadallik bilan hamda belgilangan sifat talablari asosida olib borilayotgani aniqlandi. Shuningdek, obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.