Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Nafisa Qurbonova tumandagi Dehqon bozoriga borib, mahsulotlar narx-navosi bilan tanishdi.
Gallery image 102414
Gallery image 102415
Gallery image 102416
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
17 Mar 2026
10:06

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Nafisa Qurbonova tumandagi Dehqon bozoriga borib, mahsulotlar narx-navosi bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida bozorda sotilayotgan oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlarning narxlari ko‘zdan kechirilib, ularning barqarorligi va aholiga qulayligi yuzasidan tahlillar olib borildi. Deputat sotuvchilar bilan bevosita muloqot qilib, narxlarning shakllanishi, ta’minot holati hamda mavjud muammolar haqida fikr almashdi. Shuningdek, ayrim mahsulotlar narxlarining o‘zgarib borayotgani qayd etilib, bu borada tegishli choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi. Aholi manfaatlarini himoya qilish, bozorlarda narx-navoni barqarorlashtirish hamda savdo faoliyatini tartibga solish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish ishlari kelgusida bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash va aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.