Barcha yangiliklar
Galatut mahallasida deputat fuqarolar bilan uchrashdi
Gallery image 102406
Gallery image 102407
Gallery image 102408
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
17 Mar 2026
10:11

Galatut mahallasida deputat fuqarolar bilan uchrashdi

Galatut mahallasida xalq vakili –xalq deputatlar Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Kazakov fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bildirib o‘tishdi.

Muloqot jarayonida ijtimoiy soha, infratuzilma, bandlik va yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash ta’kidlandi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.