Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR MAHALLALARDAGI UMUMXALQ HASHARIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA
Gallery image 102401
Gallery image 102402
Gallery image 102403
Gallery image 102404
Gallery image 102405
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
17 Mar 2026
10:10

DEPUTATLAR MAHALLALARDAGI UMUMXALQ HASHARIDA FAOL ISHTIROK ETMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlari mahallalarda obodonlashtirish va tozalash ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan umumxalq hasharida qatnashmoqdalar.

Ushbu xayrli tadbirda deputat ham faol ishtirok etib, aholi bilan birgalikda hududni obodonlashtirish ishlarida qatnashdi.

Hashar davomida ko‘chalar tozalandi, ariq va zovurlar tartibga keltirildi hamda mahalla hududida obodonchilik ishlari amalga oshirildi. 

Deputat fuqarolar bilan muloqot qilib, barchani mahalla tozaligi va obodonchiligi uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdi.

Shuningdek, deputat bugun va ertaga o‘tkazilayotgan umumxalq hashari tadbirlarida mahalla fuqarolarini faol qatnashishga undab, bunday ezgu ishlar mahalla taraqqiyoti va farovonligiga xizmat qilishini ta’kidladi.