Barcha yangiliklar
M.Ulug‘bek va Charxin mahallalarida jamoat transporti hamda yo‘llar holati o‘rganildi
Gallery image 102349
Gallery image 102350
Gallery image 102351
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
17 Mar 2026
09:56

M.Ulug‘bek va Charxin mahallalarida jamoat transporti hamda yo‘llar holati o‘rganildi

M.Ulug‘bek va Charxin mahallalarida jamoat transportining o‘z vaqtida harakatlanishini ta’minlash, avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash ishlari holatini xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati F. Turayev o‘rgandi.

O‘rganish davomida jamoat transporti vositalarining yo‘lga chiqish jadvali doimiy ravishda nazorat qilinayotgani qayd etildi. Barcha transport vositalari hamda haydovchilar zarur hujjatlarga ega bo‘lib, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritmoqda.

Transport vositalari harakatini doimiy kuzatib borish maqsadida ularning barchasiga GPS-treker qurilmalari o‘rnatilgani ta’kidlandi. Bu esa yo‘lovchilarga yanada qulay va tartibli transport xizmatini ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar jamoat transporti tizimini yanada takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan.