Barcha yangiliklar
Deputat tashrifi: kutubxonalar faoliyati o‘rganildi
Gallery image 102342
Gallery image 102343
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
17 Mar 2026
09:54

Deputat tashrifi: kutubxonalar faoliyati o‘rganildi

12-Zarafshon saylov okrugi deputati A. Abdumuratov Pastdargʻom Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib, ta’lim muassasasidagi kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida kutubxonadagi adabiyotlar fondi, talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, zamonaviy axborot-resurslari, elektron kitoblar bazasi va kutubxona xizmatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan ta’lim muassasasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish hamda yoshlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda kutubxonalar muhim o‘rin tutadi!