Barcha yangiliklar
Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rganildi
Gallery image 102279
Gallery image 102280
Gallery image 102281
Gallery image 102282
ASHURBOYEV JAVLONBEK MUSTAFOQUL O‘G‘LI
17 Mar 2026
09:20

Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rganildi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati V. Xasanov tomonidan shaharning Taraqqiyot mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Guliston shahri Al-Xorazmiy ko‘chasidagi 4-uy hamda N. Zokirova ko‘chasidagi 48-uy ko‘p qavatli turar joy binolarining tom qismini ta’mirlash uchun mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘larning sarflanishi va binolarning bugungi kundagi holati joyiga chiqib ko‘rib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Yagona buyurtmachi” DUK tomonidan mas’ul boshqaruv kompaniyasiga mazkur uylar tom qismini ta’mirlash uchun 1200 dona shifer hamda 950 dona to‘sin xarid qilib berilgan.

Bugungi kunda ushbu ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitini ta’minlash maqsadida olib borilgan ishlar natijasi joyida ko‘zdan kechirildi.