Barcha yangiliklar
Shodiyona massividagi muammolar o‘rganildi
Gallery image 102209
Gallery image 102210
Gallery image 102211
Gallery image 102212
Gallery image 102213
Gallery image 102214
Gallery image 102215
Gallery image 102216
Gallery image 102217
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
16 Mar 2026
23:40

Shodiyona massividagi muammolar o‘rganildi

✔️Toyloq tumanida joylashgan ko‘p qavatli “Shodiyona” massivida tuman Kengashi deputati Matluba Aminova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Shohzod G'afforov shuningdek, tuman tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi. 

 

✔️O‘rganish jarayonida aholining yashash sharoitlari, jumladan, ko‘p qavatli uylardagi liftlarning ish holati, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bog‘liq masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. 

 

✔️O‘rganish davomida hududdagi 10-sonli ko‘p qavatli uydagi lift nosoz holatda ekani aniqlandi. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida mas’ul mutaxassislar tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Ayni paytda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda va liftni kechga qadar to‘liq ta’mirlab, qayta ish holatiga keltirish rejalashtirilgan. Mazkur masala, deputat va tuman Kengashi tomonidan nazoratga olindi.

 

✔️Bunday o‘rganishlar aholini qiynayotgan masalalarni joyida hal etish hamda fuqarolar uchun yanada qulay yashash sharoitlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi