Barcha yangiliklar
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 102066
Gallery image 102067
Gallery image 102068
Gallery image 102069
Gallery image 102070
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
12 Mar 2026
22:18

Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

ig‘ilishda Termiz shahar budjetining 2026-yil boshida aniqlangan erkin qoldiq mablag‘larini shahar ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi dolzarb masalalarga yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.

💬 Kun tartibidagi masala yuzasidan shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi o‘rinbosarining hisoboti tinglandi. 

💬Komissiya a’zolari mablag‘larni taqsimlashda shahardagi infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy sohalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholini qiynayotgan muammolarni hal etishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar. Deputatlar tomonidan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.

🔅 Yig‘ilish yakunida mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.