Barcha yangiliklar
Termizda Jamoat salomatligi va hududlar tozaligi masalalari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokoma qilindi.
Gallery image 102057
Gallery image 102058
Gallery image 102059
Gallery image 102060
Gallery image 102061
Gallery image 102062
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
12 Mar 2026
22:14

Termizda Jamoat salomatligi va hududlar tozaligi masalalari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokoma qilindi.

⏺Yig‘ilish kun tartibida shahardagi ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarning 2025-yil davomida sanitariya-epidemiologiya qoidalariga hamda hududlar tozaligiga rioya qilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

💬 Mazkur masala yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Termiz shahar bo‘limi rahbari N.Yo‘ldoshevning hisoboti tinglandi.

⏺ Komissiya a’zolari hisobot yuzasidan atroflicha fikr almashib, mavjud holatni yaxshilash, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini kuchaytirish va hududlar tozaligini ta'minlash bo'yicha o'z taklif hamda mulohazalarini bildirdilar.

⏺ Yig‘ilish yakunida ushbu dolzarb masalani Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

💬Jamoat salomatligi va shahar tozaligi — barchamizning vazifamiz!