Barcha yangiliklar
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI – DEPUTAT E’TIBORIDA.
Gallery image 101996
Gallery image 101997
Gallery image 101998
Gallery image 101999
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
16 Mar 2026
18:02

AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI – DEPUTAT E’TIBORIDA.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-Changi saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna o‘z saylov okrugidagi “Olmazor” mahalla fuqarolari yig‘ini hududida joylashgan 44-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida deputat maktabda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimi tomonidan o‘quvchilarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, tibbiyot xonasining mavjud sharoitlari hamda zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik holatini o‘rgandi. Shuningdek, o‘quvchilarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, mavsumiy kasalliklarning oldini olish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ayrim masalalar yuzasidan maktab xamshirasiga taklif va tavsiyalar berildi. Bu kabi o‘rganishlar aholiga, ayniqsa yosh avlodga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.