Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.
Gallery image 101988
Gallery image 101989
Gallery image 101990
Gallery image 101991
Gallery image 101992
Gallery image 101993
Gallery image 101994
Gallery image 101995
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
16 Mar 2026
18:00

XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Yangi Sanganak” mahalla fuqarolari yig‘inida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yil davomida saylov okrugi tarkibiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi. Shuningdek, hududda mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda tegishli kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etib, o‘z vakolatlari doirasida aholining savollariga javob qaytardilar. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.