Barcha yangiliklar
#jamoatchilik nazorati #o'rganish
Gallery image 101874
Gallery image 101875
Gallery image 101876
Gallery image 101877
Gallery image 101878
Gallery image 101879
Gallery image 101880
Gallery image 101881
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
12 Mar 2026
17:17

#jamoatchilik nazorati #o'rganish

Olmaliq shahar aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish va sohaga oid qonunchilik ijrosini ta’minlash maqsadida shahar Tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova, deputat Sayfiddin Subanov hamda bosh mutaxassis Muhriddin Begmatovlar ishtirok etishdi.

🔍 O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari:

✅Bepul dori-darmon ta’minoti: Bemorlarga davlat tomonidan ajratilgan bepul dori vositalarining yetib borishi va zaxirasi holati;

✅ Imtiyozlar ijrosi: Nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilayotgani;

✅ Tezkor tibbiy yordam: Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari.

🗣 Muloqot va tahlil:

O‘rganish davomida shifoxonada davolanayotgan bemorlar va xizmat burchini o‘tayotgan hamshiralar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. Bemorlarning muolajalar va xodimlar muomalasi haqidagi fikrlari, hamshiralarning ish jarayonidagi ehtiyojlari va takliflari tinglandi.

Sohada ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan deputat Sayfiddin Subanov o‘rganish natijalari asosida shifoxona va dorixonalarda xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘zining professional takliflarini bildirdi.