Barcha yangiliklar
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Gallery image 101836
Gallery image 101837
Gallery image 101838
Gallery image 101839
Gallery image 101840
Gallery image 101841
ALLABERGANOV BABIR FARXADOVICH
16 Mar 2026
16:47

“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

O'rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Shuningdek, mahalladagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, aholi murojaatlari va ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida “mahalla yettiligi” a'zolari faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.