Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI
Gallery image 101809
Gallery image 101810
Gallery image 101811
Gallery image 101812
Gallery image 101813
Gallery image 101814
Gallery image 101815
Gallery image 101816
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
16 Mar 2026
16:27

DEPUTATLIK NAZORATI

 Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich hamda “Xidirsho” mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikda “Xidirsho” mahallasida joylashgan 12-sonli maktabgacha va maktab ta’limi muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining sifati, binoning ichki qismi, o‘rnatilgan mebel va jihozlarning holati hamda ularning sifat ko‘rsatkichlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasaning foydalanishga topshirilishiga tayyorgarlik darajasi ham tahlil qilindi. 

Deputatlik nazorati davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.