Barcha yangiliklar
Yurt obodligi — barchamizning mas’uliyatimiz
Gallery image 101754
Gallery image 101755
Gallery image 101756
Gallery image 101757
Gallery image 101758
Gallery image 101759
QURBONOV JAMOLIDDIN XAYITQUL O‘G‘LI
16 Mar 2026
16:09

Yurt obodligi — barchamizning mas’uliyatimiz

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Mazkur ezgu tashabbusda Bo‘ka tumanning 40-maktabida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Tupchibayev ham faol ishtirok etdi. Hashar davomida ko‘chatlar ekilib, hudud atrofi tozalandi.

Bunday xayrli tashabbuslar atrof-muhitni asrash, hududlarni yanada ko‘rkam qilish bilan birga jamoada hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.