Barcha yangiliklar







MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
16 Mar 2026
16:05
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xazratova o‘z saylov okrugidagi Amur Temur MFYda mahalla yettiligi va saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda aholini qiynayotgan kundalik muammolar muhokama qilindi. Saylovchilarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq rejalar tuzildi. Qaysi masala qanday tarzda hal etilishi belgilab olindi.
Deputat tomonidan mahalla faollari bilan birga ishlash, murojaatlarni nazoratga olish va natijalari haqida aholini xabardor qilib borish muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuv aholi uchun foydali bo‘ldi va kelgusi ishlarga aniq yo‘nalish berdi.