Barcha yangiliklar
Hashar elga yarashar
Gallery image 101737
Gallery image 101738
QURBONOV JAMOLIDDIN XAYITQUL O‘G‘LI
16 Mar 2026
16:00

Hashar elga yarashar

Mamlakatimizda 13-14-mart kunlari Umummilliy xayriya hashari deb eʼlon qilinishi munosabati bilan, joriy yilning 13-mart kuni Bo‘ka tumani “Cho‘lobod” MFY hududida joylashgan Bo‘ka tuman 1-son tenikumida maktabda hashar tashkil etildi. 

Hashar davomida maktab hududi va atrofi  tozalandi. Jamoa aʼzolari tomonidan manzarali daraxtlar ekilib,  hudud bino inshootlarini ma'lum qismlari va daraxtlar oqlandi. 

Hasharda Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputati N.Saydoripov, texnikum direktori A. SHamsiev va jamoa a'zolari ishtirok etishdi. 

Texnikumda o‘tkazilgan obodonlashtirish ishlari natijasida hudud ko‘rkiga yanada ko‘rk qo‘shildi.