Barcha yangiliklar
KO‘TARILGAN MASALALAR JOYIDA O‘RGANILDI
Gallery image 101635
Gallery image 101636
Gallery image 101637
Gallery image 101638
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
16 Mar 2026
14:22

KO‘TARILGAN MASALALAR JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Z.S.G‘ofurovaning 12-Ipakchi saylov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashuvi davomida fuqarolar tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi (https://t.me/kengash_margilon/2271?single).

Mazkur murojaatlar shu kunning o‘zida deputatlar hamda mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi. Jarayonda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, shahar Kengashi deputatlari M.Raimdjanov, A.Mahkamov, shuningdek, tegishli kommunal xizmatlar mutaxassislari vakillari ishtirok etdilar.

O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va mavjud muammolar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Ta’kidlanganidek, saylovchilar bilan uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish hamda ularni tezkor hal etish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettiriladi.