Barcha yangiliklar
Deputat Z.Togʻayev saylovchilar bilan uchrashdi
Gallery image 101616
Gallery image 101617
Gallery image 101618
Gallery image 101619
Gallery image 101620
JABBOROVA GULZODA YUSUFOVNA
16 Mar 2026
13:27

Deputat Z.Togʻayev saylovchilar bilan uchrashdi

O'zbekiston Ekologik partiyasidan Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashiga 8-Varq saylov okrugidan saylangan deputat Z.Togʻayev o‘zi saylangan hudud saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida avvalo deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berdi. Unda saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, ekologik muammolarni hal etishda amalga oshirilgan ishlar, tashabbuslar va dolzarb masalalar bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, saylovchilarning murojaatlari eshitildi. Ular asosan hududdagi ekologik holat, atrof-muhitni muhofaza qilish, infratuzilma masalalari hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan bog‘liq bo‘ldi.

Ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga joyida huquqiy maslahatlar va amaliy ko‘rsatmalar asosida yechim topildi. Shuningdek, muayyan vaqt talab qiladigan murojaatlar deputat nazoratiga olindi.