Barcha yangiliklar
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 101595
Gallery image 101596
Gallery image 101597
Gallery image 101598
Gallery image 101599
Gallery image 101600
Gallery image 101601
Gallery image 101602
Gallery image 101603
Gallery image 101604
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
16 Mar 2026
13:04

DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati G‘ofurova Zebixon Sodiqovnaning 12-Ipakchi saylov okrugi saylovchilar bilan uchrashuvi (https://t.me/kengash_margilon/2101) bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Bahrin MFY binosida tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, hududdan shahar Kengashi deputati M.Raimdjanov, shahar Kengashi deputati A.Mahkamov, shuningdek, saylov okrugidagi mahallalar vakillari, kommunal soha rahbar va xodimlari hamda hududiy poliklinika bosh vrachi ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush farovonligini oshirish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ular tomonidan hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi ta’minoti, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Bildirilgan taklif va muammolar mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar murojaatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, hududlarda mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.