Barcha yangiliklar
DEPUTAT MAHALLADAGI MUAMMOLARNI O‘RGANDI
Gallery image 101552
Gallery image 101553
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
16 Mar 2026
11:59

DEPUTAT MAHALLADAGI MUAMMOLARNI O‘RGANDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi 3-Navbahor saylov okrugi deputati Sherzod Mirzayev tomonidan Chamanzor mahallasida bo‘lib, fuqarolar murojaati yuzasidan o'rganish ishlarini olib bordi.

O'rganish davomida aholini qiynayotgan muammolar, taklif va murojaatlar birma bir ko'rib chiqildi.

Fuqarolar tomonidan asosan hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati, yo‘l va infratuzilma masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputat ushbu muammolarni joyida o‘rganib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Deputat tomonidan mahallalarda aholi bilan bunday uchrashuvlar muntazam o‘tkazilib, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.