Barcha yangiliklar



MATYAQUBOVA SARABIBI IDIROVNA
16 Mar 2026
11:19
Keytering xizmatlari sifati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati, kotibiyat bosh mutaxassisi A. Erkinov hamda deputat R. Ismoilovalar ishtirokida tumandagi 33, 35, 36, 38–42-sonli umumta’lim maktablarida yo‘lga qo‘yilgan keytering xizmatlari sifati yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlar davomida o‘quvchilarga taqdim etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ularning yaroqlilik muddatlari, saqlash sharoitlari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi atroflicha tahlil qilindi.