Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI SAMARA BERMОQDA
Gallery image 101443
Gallery image 101444
Gallery image 101445
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
16 Mar 2026
10:18

DEPUTAT NAZORATI SAMARA BERMОQDA

Hududlarda tozalik va obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ishlar deputatlar nazoratida bo‘lib kelmoqda. 

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi 1-Buyuk ipak yo‘li saylov okrugi deputati Boburjon Misratullayev tashabbusi va nazorati natijasida mahallalarda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Aholidan tushayotgan murojaatlar o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda. Natijada hududlarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilib, mahallalarda sanitariya holati yaxshilanmoqda.

Deputat tomonidan bu boradagi nazorat ishlari davom ettirilib, aholi uchun yanada qulay va toza muhit yaratish bo‘yicha ishlar izchil olib borilmoqda.