Barcha yangiliklar
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi!
Gallery image 101404
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
16 Mar 2026
09:54

Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi!

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X. Sulaymonova tomonidan Yangiobod mahallasi Bobur ko‘chasining ta’mirtalab holatda ekanligi, yomg‘irli kunlarda loyga aylanib, aholiga qiyinchilik tug‘dirayotgani yuzasidan deputatlik so‘rovi chiqarilgan edi.

Mazkur murojaat tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilib, muammoga ijobiy yechim topildi. Ayni paytda Bobur ko‘chasida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi va yo‘l aholi uchun qulay holatga keltirilmoqda. Ko‘chalar tekislanib, tosh to‘kildi.

Aholi manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan bu kabi ishlar fuqarolar murojaatlari doimiy e’tiborda ekanligini yana bir bor namoyon etmoqda.