Barcha yangiliklar
Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida
Gallery image 101364
Gallery image 101365
Gallery image 101366
Gallery image 101367
Gallery image 101368
XAYDAROV ABDUG‘ANI ABDUSAMIYEVICH
16 Mar 2026
08:52

Taʼlim sifati – deputat eʼtiborida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Mirzaeva tomonidan hududdagi taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari holatini oʻrganish maqsadida maktabga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida maktabda tashkil etilgan oʻquv jarayonlari, sinf xonalarining jihozlanishi, oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda oʻqituvchilar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, dars mashgʻulotlari jarayoni kuzatilib, taʼlim sifati va oʻquvchilarning bilim olish darajasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, taʼlim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan maktab rahbariyati bilan fikr almashildi, tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.

Taʼkidlash joizki, bunday oʻrganishlar hududlarda taʼlim sifatini oshirish, oʻquvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali ijrosini taʼminlashga xizmat qiladi.