Barcha yangiliklar
OILALARNI SOG‘LOMLASHTIRISH VA YARASHTIRISH CHORALARI KO‘RIB CHIQILDI
Gallery image 101234
Gallery image 101235
JUMANIYAZOV RAVSHANBEK RAXIMBERGAN O‘G‘LI
14 Mar 2026
17:48

OILALARNI SOG‘LOMLASHTIRISH VA YARASHTIRISH CHORALARI KO‘RIB CHIQILDI

Mahallada ajrim yoqasida turgan oilalarni sog‘lomlashtirish, oilaviy muhitni barqarorlashtirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur muhokamada Xalq deputatlari Urganch shahar kengashi raisi, deputat P.Ro'ziboyev va mahalla yettiligi a’zolari hamda hududga biriktirilgan vakil ishtirok etib, oilalarda yuzaga kelayotgan ijtimoiy-ma’naviy muammolar, kelishmovchiliklarning sabablari va ularni bartaraf etish choralari atroflicha ko‘rib chiqildi. 

Suhbat davomida har bir holat alohida yondashuv asosida muhokama etilib, oilalarni yarashtirish, farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sirlarning oldini olish hamda sog‘lom oilaviy muhitni tiklash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Shuningdek, bu borada mahalla faollari, mutasaddi tashkilotlar hamda mas’ul vakillarning hamkorligini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. 

Oilalar mustahkamligi, jamiyat barqarorligi va farzandlar kamoloti yo‘lida bu kabi uchrashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.