Barcha yangiliklar
“Mahalla yettiligi” bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Gallery image 10256
Gallery image 10257
Gallery image 10258
TO‘XTAMISHOV SHAROFJON AKRAMJONOVICH
16 May 2024
10:30

“Mahalla yettiligi” bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashiga 19-“E.Xolmatov” okrugidan saylangan deputati Nishonov Qurbonboy Maxmudovich,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Paxtakor tuman "INSON"ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Eshmirzayev Umid Hamidovich hamda
"Bog‘ishamol" mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda sayyor qabul o‘tkazildi.
 

Sayyor qabulda ko‘tarilgan masalalar ro‘yxati shakllantirilib, atroflicha o‘rganib chiqildi. 

O‘rganish jarayonida aholi murojaatlarining aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. 

O‘rganish va aholi bilan muloqot natijalari bo‘yicha aniqlangan muammolar va shakllantirilgan takliflar “mahalla yettiligi” bilan umumlashtirilib, tegishli doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqish uchun Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga taqdim etib borish belgilab olindi.  

Shuningdek 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-82 sonli Farmoni haqida tushunchalar berildi!