Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
Gallery image 101101
Gallery image 101102
Gallery image 101103
Gallery image 101104
Gallery image 101105
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
14 Mar 2026
15:50

Deputat tomonidan tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzaev tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, investisiya va infratuzilma dasturilarida belgilangan loyihalar doirasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, Miltiqsoz MFY hududida joylashgan go‘zallik saloni faoliyati o‘rganilib, hozirda obyektni kengaytirish va qo‘shimcha xonalarni ta’mirlash ishlari olib borilayotgani ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, Yangi bog‘ MFY hududida faoliyat yuritayotgan ayollar fitnes markazi hamda kichik tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning faoliyati, yaratilgan ish o‘rinlari hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va faoliyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.