Barcha yangiliklar
Yangiqo‘rg‘on mahallasida oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 101009
Gallery image 101010
Gallery image 101011
Gallery image 101012
SAMANDAROVA NOILA BOXODIROVNA
22 Fev 2026
14:35

Yangiqo‘rg‘on mahallasida oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi.

 Yangiqo‘rg‘on mahallasida oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi.

7-Yangiqo‘rg‘on saylov okrugi hududidagi Yangiqo‘rg‘on mahallasida aholi turmush darajasi, yashash sharoitlari hamda oilalarning daromad manbalari yuzasidan hudud deputati D. Adilova tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish jarayonida mahalla aholisi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan oilaviy tadbirkorlik faoliyatlariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahallada samarali faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkor G‘oyibov Axrorqul Mardiyevichning mebelni ikkilamchi qayta ishlash hamda birlamchi mebel ishlab chiqarish sexi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🪑 Mazkur sex nafaqat oila daromadini oshirishga, balki mahalla aholisi va tuman iqtisodiy rivojiga ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mebellar sifatli va bozorbop bo‘lib, xaridorlar talabini qondirmoqda.