Barcha yangiliklar
MAHALLALAR OBODLIGI—YURT FAROVONLIGI.
Gallery image 100981
Gallery image 100982
Gallery image 100983
Gallery image 100984
Gallery image 100985
Gallery image 100986
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
14 Mar 2026
13:37

MAHALLALAR OBODLIGI—YURT FAROVONLIGI.

Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida bugun Buloqboshi tumani Kengashi deputatlari o'z okrugida chinakam bunyodkorlik ishlarida qatnashib, xalq bilan birdamlikda ishlar qilinmoqda.

Xususan, hududlarda obodonlashtirish ishlari yuqori saviyada tashkil etilib, ko‘chalar va ichki yo‘llarni asfaltlash, yo‘l chetlarini tartibga keltirish ishlari jadal olib borilmoqda.

Shuningdek, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxtlarga shakl berish va ularni oqlash, ariq-zovurlarni tozalash hamda hududlarni chiqindilardan xoli qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Hashar nafaqat atrof-muhitni poklash, balki xalqimiz orasidagi birdamlik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

BIZNI IJTIMOIY TARMOQLARDA KUZATING;

kengash.gov.uz

t.me/kengash_buloqboshi