Barcha yangiliklar
O‘zMTDP shahar Kengashi deputatlik guruhi tomonidan mansabdor shaxslar eshituvi o‘tkazildi.
Gallery image 100879
Gallery image 100880
Gallery image 100881
Gallery image 100882
Gallery image 100883
Gallery image 100884
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
12 Mar 2026
12:20

O‘zMTDP shahar Kengashi deputatlik guruhi tomonidan mansabdor shaxslar eshituvi o‘tkazildi.

O‘zMTDP shahar Kengashi deputatlik guruhi tomonidan mansabdor shaxslar eshituvi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-54–V-son qarori hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga muvofiq O‘zMTDP shahar Kengashi deputatlik guruhi tomonidan mansabdor shaxslar eshituvi tashkil etildi.

Mazkur eshituvda Namangan viloyati Tibbiyot birlashmasi bo‘limi rahbarlarining 2025-yil faoliyati hamda 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan hisobot (axborot)lari tinglandi.

Tadbir tanqidiy-tahliliy hamda savol-javoblar ruhida o‘tkazildi. Unda O‘zMTDP Namangan viloyat Kengashi xodimlari hamda shahar Kengashi deputatlari ishtirok etdilar.