Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK FAOLIYATI
Gallery image 100862
Gallery image 100863
Gallery image 100864
Gallery image 100865
Gallery image 100866
Gallery image 100867
Gallery image 100868
Gallery image 100869
Gallery image 100870
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
14 Mar 2026
12:11

DEPUTATLIK FAOLIYATI

DEPUTATLIK FAOLIYATI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Rustam Raxmanovich Isakov “Ravnaq” MFY hududida bo‘lib, mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hududda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda ularning yechimiga doir takliflar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mahallaga yangi ma’muriy bino qurish uchun yer maydoni ajratish masalasi yuzasidan mahalla hududidagi bo‘sh yer maydonlari ko‘zdan kechirildi va mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, hududda joylashgan 34-sonli o‘rta umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanishilib, o‘quv jarayonlarining holati hamda mavjud muammolar o‘rganildi.

Bundan tashqari, tashrif davomida mahallada yashovchi fuqarolar xonadoniga tashrif buyurilib, oilaviy tadbirkorlik faoliyati bilan tanishildi.