Barcha yangiliklar
Deputat Turon mahallasida “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida” 764-sonli Qonun muhokamasini oʻtkazdi
Gallery image 100850
Gallery image 100851
Gallery image 100852
Gallery image 100853
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
14 Mar 2026
11:58

Deputat Turon mahallasida “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida” 764-sonli Qonun muhokamasini oʻtkazdi

Turon mahallasida aholi bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida” 764-sonli Qonuni mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman deputati D.Mardonova qonunning asosiy maqsadi — axborot makonida xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish hamda davlat va jamiyat manfaatlarini kiberxatarlardan asrashdan iborat ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

Kiberxavfsizlik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari

Axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish choralari

Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish mas’uliyati

Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlari

Tashkilot va muassasalarning majburiyatlari

Deputat bugungi davrda internetdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish muhim ahamiyat kasb etishini, ayniqsa yoshlarni himoya qilish dolzarb vazifa ekanini qayd etdi.