Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVI
Gallery image 100769
Gallery image 100770
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
09 Fev 2026
11:14

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi guruhi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa og‘ir kasallikka chalingan bolalarni davolash hamda ularga zarur tibbiy va moddiy yordam ko‘rsatish masalalari yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda. Xususan, Zarbdor tumanida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan fuqaro — E.I.A., 24.04.2023-yilda tug‘ilgan bola tug‘ma yurak nuqsoni tashxisi bilan shifokorlar nazoratida ekani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan bolaga operatsiya oldidan o‘tkaziladigan tibbiy ko‘riklar hamda kardioxirurgik operatsiyadan keyingi davolanish va reabilitatsiya jarayonlari uchun manzilli moddiy yordam ajratish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.