Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVI
Gallery image 100729
Gallery image 100730
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
22 Yan 2026
10:47

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashidagi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi guruhi tomonidan hududlarda aholi xavfsizligini ta’minlash hamda qarovsiz qolgan hayvonlar bilan bog‘liq holatlar o‘rganilmoqda. Jumladan, “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qarovsiz (daydi) itlar soni ko‘payib ketgani hamda ularning aholi, ayniqsa bolalar xavfsizligiga tahdid solayotgani yuzasidan fuqarolar murojaatlari kelib tushgan. Shu munosabat bilan Zarbdor tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborilib, hududda qarovsiz hayvonlarni tutish va ularni belgilangan tartibda saqlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish so‘raldi.