Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI.
Gallery image 100550
Gallery image 100551
Gallery image 100552
Gallery image 100553
Gallery image 100554
Gallery image 100555
Gallery image 100556
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
13 Mar 2026
18:36

DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 5-“Changi” saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan Parkent tumani 44-umumta’lim maktabi faollar zalida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda deputat tomonidan 2025-yil davomida saylov okrugi hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi. Shuningdek, deputat tuman Kengashi sessiyalari hamda doimiy komissiya yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni ilgari surganini ta’kidladi. Uchrashuvda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda tegishli kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mas’ul xodimlari ishtirok etib, fuqarolarning savollariga atroflicha javob berdilar. Uchrashuv yakunida aholi tomonidan ko‘tarilgan mahalladagi yechimini kutayotgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.